AsosiyDunyo

JSST dunyo bo`yicha COVID-19 qurbonlarining haqiqiy sonini ma`lum qildi

'JSST dunyo bo`yicha COVID-19 qurbonlarining haqiqiy sonini ma`lum qildi'ning rasmi

Dunyo bo`yicha COVID-19 qurbonlari soni 6-8 million kishini tashkil etadi, dedi Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktorining ma`lumotlar va tahlillar bo`yicha yordamchisi Samira Asma kuni kecha o`tkazgan brifingda.

– Pandemiya hozir ham rivojlanmoqda. Pandemiyadan vafot etganlar soni 6-8 million kishini tashkil etishi mumkin, — dedi u.

JSST ma`lumotiga ko`ra, 2020 yil yanvardan 31 dekabrgacha rasman 1 million 813 ming 188 kishining o`limi ro`yxatga olingan. Biroq o`tgan yili COVID-19 dan vafot etganlarning umumiy soni dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, kamida 3 million kishini tashkil etadi. Gap shundaki, barcha o`limlar ham hisobga olinmagan yoki boshqa kasallik bilan bog`liq holda hisobga olingan.

Ushbu statistikani inobatga olgan holda, JSST ekspertlarining taxminicha, ayni paytda virus tufayli vafot etganlarning umumiy soni rasman e`lon qilingan qurbonlar sonidan kamida 2-3 barobar ko`pdir.

"Bizning hisob-kitobimizcha, ayni paytda 3,4 million kishi vafot etgani haqida xabar berilgan. Pandemiya rivojlanmoqda, shunday ekan bizning hisob-kitobimiz ham o`zgarib boradi. Biroq ayni damda koronavirusdan 3,4 million kishi qurbon bo`lgani rasman e`lon qilingan, ammo haqiqiy ko`rsatkich rasmiy ma`lumotdan 2-3 barobar ortiq bo`lishini hisobga oladigan bo`lsak, bu 6-8 million kishini tashkil etadi", deya qo`shimcha qildi Asma.

    Boshqa yangiliklar