1

Maktabgacha ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod etildi

Jamiyat 25.05.2021, 00:08
Maktabgacha ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod etildi

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoev 24 may kuni hududlarda maktabgacha ta`lim muassasalari qamrovini kengaytirish masalalari muhokamasi yuzasidan yig`ilish o`tkazgani haqida xabar qilgan edik. Ma`lum qilinishicha, vazirning birinchi o`rinbosari Qahramon Olimov «o`z faoliyatida sustkashlikka yo`l qo`ygani uchun» lavozimidan ozod etilgan:

Faoliyatida sustkashlikka yo`l qo`ygani uchun maktabgacha ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod etildi. Vazirning boshqa o`rinbosarlari hamda vazirlikning barcha hududiy boshqarmalari boshliqlari o`z vazifasini bajaruvchi darajasiga tushirildi. Ularning o`z lavozimiga loyiqligi keyingi faoliyati natijadorligi tahlili asosida ko`rib chiqilishi belgilandi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1