1

Aholi va tadbirkorlardan ayrim hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi

Jamiyat 25.05.2021, 11:21
Aholi va tadbirkorlardan ayrim hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi

Davlat organlari, xo`jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlardan quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi:

➖ruhiy kasalliklar bo`yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;

➖narkologiya bo`yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;

➖sudlanganlik;

➖manzil-ma`lumot axboroti;

➖fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi;

➖turar joyning maydoni;

➖soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi;

➖soliq to`lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo`yilganligi;

➖pensiya va nafaqa miqdori;

➖pensiya va nafaqa oluvchilar ro`yxatida mavjud yoki mavjud emasligi;

➖nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi.

Bunda, davlat organlari va tashkilotlari mazkur hujjat va ma`lumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan  “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali so`rab oladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1