1

Noqonuniy bino qurilishi: bundan kim manfaatdor...

Jamiyat 25.05.2021, 13:30
Noqonuniy bino qurilishi: bundan kim manfaatdor...

Yurtimiz kundan kun chiroy ochmoqda. Hashamatli binolaru zamonaviy uylar bunga yaqqol misol. Biroq tanganing ikkinchi tomoni bo`lgani kabi ba`zi pudratchilar qurayotgan uy va boshqa inshootlar “mendan ketguncha, egasiga etguncha…” qabilida barpo etilayotganidan ko`z yumib bo`lmaydi.

Xususan, O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi va O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda O`zbekiston Milliy Axborot Agentligi o`rtasida imzolangan Memorandum asosida, joylarda qurilib foydalanishga topshirilgan va qurilishi davom etayotgan bino va inshootlar kuzatuv-o`rganish ishlari olib borildi.

Shaxrixon tumanida joylashgan 9 sonli MTTda o`rganish olib borilganda, mazkur ob`ektda “Bunyodkor Zamin ko`rki” MChJ tomonidan 2018 yilda biomontaj va kapital ta`mirlash ishlari boshlangan. Biroq, ushbu ob`ekt 2018 yilgi davlat dasturiga kiritilmaganligi sababli qurilish oxiriga etkazilmagan. Shunday bo`lishiga qaramasdan, loyixaga asosan mavjud binoni to`liq rekonstruksiya qilish, hamda tom qismi shiferlashtirilishi rejalashtirilgan. E`tiborli jihati shundaki, Shaxrixon tuman MTB ga qarashli 9 MTT da ta`mirlash ishlarining 25% foizi amalga oshirilgan bo`lsada, quruvchi korxona “Bunyodkor Zamin ko`rki” MChJ tomonidan o`z xisobidan bino ta`miri uchun taxminan 800 000 000 (sakkiz yuz million) so`mlik atrofida xarajat qilingan. “Bunyodkor Zamin ko`rki” MChJ tomonidan moliyalashtirish masalasi xal etilmaganligi sababli, 2019 yildan buyon ta`mirlash ishlari to`xtab turibdi. O`rganishlar davomida, Rekonstruksiya qilinayotgan mavjud binolarga texnik xulosa olish uchun KSXN inspeksiya bilan shartnoma qilinmaganligi ham ma`lum bo`ldi. Qiziq, noqonuniy tarzda qurilgan binodn kim manfaatdor ekan, mutasaddilarmi yoki quruvchi tashkilot. Bu esa bizga qorong`u.  

Xulosa qilishga shoshilmaymiz, o`rganishlar esa davom etadi...

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1