1

Andijondagi “O`zbegim” savdo majmuasida yong`in chiqdi (video)

Jamiyat 25.05.2021, 14:07
Andijondagi “O`zbegim” savdo majmuasida yong`in chiqdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 25 may kuni soat 12:00 da Andijon shahar Cho`lpon shox ko`chasida joylashgan “O`zbegim” savdo majmuasida yong`in sodir bo`lgani aks etgan videolar tarqaldi. 

FVVning ma`lum qilishicha, majmuaning tom qismida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.  

Shunga ko`ra, Andijon viloyati FVB yong`in-qutqaruvchilari  soat 12:02 da voqea joyiga etib borib, soat 12:45 da yong`in to`liq o`chirilgan. Yong`in natijasida bino tom va shift qismining 30 kv.m. maydoni zararlangan.

FVV yong`in-qutqaruvchilari tomonidan majmua binosida bo`lgan barcha fuqarolar o`z vaqtida tezkorlik bilan evakuasiya qilinganligi sabab jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.  

Voqea joyiga viloyat FVB hamda tegishli tashkilotlar rahbariyati etib borishgan. Vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga 9 ta yong`in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan.  

Eslatib o`tamiz, yong`in oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo`lganlar yo`q.

Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1