1

Jizzaxda aholiga mo`ljallangan tabiiy gaz tarmog`iga ulangan ohak sexi aniqlandi

Jamiyat 25.05.2021, 15:11
Jizzaxda aholiga mo`ljallangan tabiiy gaz tarmog`iga ulangan ohak sexi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan “HUDUDGAZ JIZZAX” gaz ta`minoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Sharof Rashidov tumanidagi “S.” xususiy korxonasi tabiiy gaz ta`minotidan tegishli tartibda uzilgan bo`lsada, fuqaro X.X. aholi xonadonlarining tabiiy gaz ta`minotiga xizmat qiluvchi er usti gaz quvuriga noqonuniy ravishda ulanib, korxona hududida ohak mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanganligi natijasida, hududiy gaz ta`minoti korxonasi manfaatiga 42,7 mln so`m zarar etkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1