1

Evropa Kengashi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga maktub yo`lladi

Jamiyat 25.05.2021, 15:47
Teglar: Sharl Mishel
Evropa Kengashi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga maktub yo`lladi

"Barqarorlik va farovonlikning asosiy elementlari sifatida qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilishga qaratayotgan e`tiboringizni mamnuniyat bilan qabul qilamiz", - deyiladi, jumladan, maktubda.

Evrokengash Prezidenti Evropa Ittifoqi O`zbekiston Respublikasi bilan yaqin muloqotni davom ettirishga qatiy qaror qilganligini hamda yangi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to`g`risidagi bitim bo`yicha muzokara jarayonlarini yakunlashdan manfaatdorligini yana bir bor tasdiqladi.

Shuningdek, Sharl Mishel Prezident Shavkat Mirziyoevning iqlim o`zgarishi va Orol dengizi mintaqasi bilan bog`liq muammolarni hal qilish, Markaziy Osiyoda  hamkorlik, xavfsizlik va barqarorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslari va sa`y-harakatlarini yuksak baholadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1