1

Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun muhim yangilik ma`lum qilindi

Jamiyat 25.05.2021, 16:14
Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun muhim yangilik ma`lum qilindi

Rossiya Federasiyasining qator korxonalari bilan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi o`rtasida O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan mehnat faoliyatini amalga oshirishga jalb qilish bo`yicha kelishuvlar imzolandi.

Ushbu kelishuvlarga ko`ra, qurilish, qishloq xo`jaligi, baliq va parranda go`shtini qayta ishlash sohalarida ishlash istagida bo`lgan yurtdoshlarimiz quyidagi tartib va shartlarda Rossiyaga jo`nab ketishi mumkin:

Toshkent – Moskva yo`nalishi bo`yicha aviachipta narxi – 5 mln. so`m (PSR testi ham shu summa ichiga kiradi);

Aviareys ish beruvchilarning O`zbekistondagi ishonchli vakili “PANORAMA BOLALAR UYI” MChJ tomonidan tashkil etiladi;

Rossiya hududida ishga rasmiylashtirish kafolatlanadi;

ish haqi 35 ming rubldan (bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib) boshlanadi;

patent rasmiylashtirish va 🍲 ovqatlanish xarajatlari fuqaro hisobidan amalga oshiriladi.

Nomzodlar uchun talablar:

- 18-50 yosh oralig`ida bo`lish;

- rus tilini boshlang`ich darajada bilish;

-  qurilish, qishloq xo`jaligi, baliq va parranda go`shtini qayta ishlash sohalarida ish tajribasiga ega bo`lish;

- Rossiya hududiga kirishga taqiq bo`lmasligi kerak.

Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 77 va 88), 71 200-00-61 yoki 1282 (qisqa raqami).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1