Vladimir Putin va Jo Bayden o`rtasidagi uchrashuv 16 iyunda bo`lib o`tadi, deya xabar bermoqda Kreml matbuot xizmatiga tayanib, Gazeta.uz.
«Rossiya-Amerika munosabatlarining holati va rivojlanish istiqbollari, strategik barqarorlik muammolari, hamda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda hamkorlik va mintaqaviy mojarolarni tartibga solish kabi xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish kutilmoqda», — deyiladi xabarda.
Bu Jo Bayden AQSh prezidenti etib tayinlanganidan so`ng ikki rahbarning birinchi uchrashuvi bo`ladi. Oldinroq ular 2011 yil Moskvada uchrashishgan. O`shanda Putin Rossiya bosh vaziri, Bayden esa Amerikada vise-prezident edi.
Oldinroq Jo Bayden Rossiya rahbariga uchinchi mamlakat hududida sammit o`tkazishni taklif qilgan edi.






