1

1 iyundan boshlab pensiya tayinlashda fuqarolarga yanada qulay sharoitlar yaratiladi

Jamiyat 25.05.2021, 20:27
1 iyundan boshlab pensiya tayinlashda fuqarolarga yanada qulay sharoitlar yaratiladi

Pensiya va nafaqalarni tayinlashda fuqarolarga yanada qulay sharoitlar yaratiladi. Bu haqda Huquqiy axborot ma`lum qildi.

 Unga ko`ra:  

 pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji to`g`risidagi ma`lumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr – 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi;

 3 yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish hamda ular bo`yicha aniqlangan ortiqcha to`lovni undirish bekor qilinadi;

 ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush o`rtoqlari kelgusida pensiya ta`minotiga ega bo`lishlari uchun o`z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to`lash huquqi beriladi;

 pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko`ra ro`yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo`yicha tayinlanadi va to`lanadi;

 pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining tegishli bo`limiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklari filiallarida bank plastik kartalarini ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi;

 fuqarolarning pensiyaga bo`lgan huquqi yo`qolganligini tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etiladigan elektron ma`lumotlar asosida aniqlash orqali pensiyalarni naqd pulsiz shaklda oluvchi shaxslar tomonidan har olti oyda Pensiya jamg`armasining bo`limiga kelish hamda mas`ul xodimlar tomonidan joylarga chiqqan holda monitoring o`tkazish majburiyati bekor qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1