1

Dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun ajratilgan mablag` miqdori 3 baravarga oshiriladi

Jamiyat 25.05.2021, 20:47
Dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun ajratilgan mablag` miqdori 3 baravarga oshiriladi

Prezidentning “Sog`liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorida birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida tibbiy xizmat ko`rsatish sifatini yanada yaxshilash bo`yicha bir qator muhim vazifalar belgilangan. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Qarorga ko`ra, 2021 yil 15 iyundan boshlab birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun biriktirilgan aholi jon boshiga ajratilgan mablag` miqdori o`rtacha 3 baravarga oshiriladi.

Ushbu maqsadlar uchun joriy yil investisiya loyihalarini maqbullashtirish hisobidan 165 milliard so`m miqdorida mablag` ajratiladi hamda 2022 yildan boshlab ushbu xarajatlar uchun zarur bo`ladigan mablag`lar Davlat byudjetidan yo`naltiriladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tibbiyot sohasida investisiya loyihalarini maqbullashtirish hisobiga har bir viloyat kesimida iqtisod qilinadigan mablag`larni aniqlashga mas`ul etib belgilandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1