1

“Sog`liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaror qabul qilindi

Jamiyat 25.05.2021, 21:35
“Sog`liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaror qabul qilindi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog`liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur qarorda sog`liqni saqlash tizimida davlat boshqaruvini takomillashtirish, birlamchi bo`g`inni kasalliklarni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish, raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish bo`yicha bir qator muhim vazifalar belgilangan.

Shu bilan birga, ushbu qaror coha rivojlanishining yaqin va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash, tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash, raqobat va xususiy sektorni qo`llab-quvvatlash, tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish, ta`lim va ilm-fanni rivojlantirish masalalariga ham alohida e`tibor qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1