1

Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi tayinlandi

Jamiyat 25.05.2021, 21:42
Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi tayinlandi

O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining tegishli buyrug`iga binoan, Anvar Abduhalimov ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta`minlash bo`yicha vazir maslahatchisi etib tayinlandi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili, matbuot kotibi Yusuf Qobuljonov telegramdagi sahifasida xabar berdi.

A.Abduhalimov diplomatiya sohasida 1999 yildan buyon faoliyat yuritadi. Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati va O`zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.

1999-2012 yillarda Tashqi ishlar vazirligi Osiyo va Afrika mamlakatlari boshqarmasida 1-kotib, mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi elchixonasida 2-kotib, Misr Arab Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi sifatida faoliyat ko`rsatgan.

2012-2018 yillarda O`rta va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi bo`lim boshlig`i, mamlakatimizning Quvayt Davlatidagi elchixonasi maslahatchisi bo`lgan.

Anvar Abduhalimov 2018-2021 yillarda O`zbekistonning O`mon Sultonligidagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1