1

Senat Raisining birinchi o`rinbosari EI vakili bilan uchrashdi

Jamiyat 25.05.2021, 22:02
Senat Raisining birinchi o`rinbosari EI vakili bilan uchrashdi

24 may kuni Oliy Majlis Senati Raisi birinchi o`rinbosari S. Safoevning Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo`yicha vakili P. Burian bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmat ma`lum qildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning, shu jumladan parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi.

Uchrashuv davomida P. Burian mamlakatimizda davlat va jamiyat boshqaruvini, sud-huquq tizimini takomillashtirish, aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish, xavfsizlikni mustahkamlash va ko`plab sohalarni isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi, O`zbekiston o`z tarixida birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo`yicha Kengashiga a`zo bo`lganiga alohida urg`u berdi.

Tomonlar BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining navbatdagi yalpi majlisida Orolbo`yi mintaqasini ekologik innovasiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish to`g`risidagi rezolyusiya qabul qilinishi nuqtai nazaridan hamkorlikni rivojlantirish xususida fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida Evropa Ittifoqi va O`zbekiston o`rtasidagi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi. Ta`kidlanganidek, “O`zbekiston-Evropa Ittifoqi” parlament hamkorligi qo`mitasi bilan muntazam olib borilayotgan o`zaro hamkorlik alohida o`rin tutadi. Shu yilning aprel oyi oxirida “Evropa Ittifoqi – O`zbekiston” do`stlik guruhi ta`sis etilishi esa tomonlar o`rtasidagi muvaffaqiyatli, ochiq va konstruktiv muloqot natijasidir.

Shuningdek, joriy yilning aprel oyidan boshlab O`zbekiston “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimi plyus benefisiar mamlakati maqomini olgani, bu O`zbekiston-Evropa munosabatlarini, ayniqsa, savdo-iqtisodiy sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta`kidlandi.

Joriy yilning iyun oyida Buxoroda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda global parlamentlararo hamkorlik xalqaro forumini o`tkazish masalasi ko`rib chiqildi.

Tomonlar “EI – O`zbekiston” parlament hamkorligi qo`mitasining 15-majlisini tashkil qilish masalalarini muhokama qildilar, o`zlarini qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1