AsosiyJamiyat

Toshkent – Xojikent yo`nalishidagi temir yo`l kapital rekonstruksiya qilinmoqda

'Toshkent – Xojikent yo`nalishidagi temir yo`l kapital rekonstruksiya qilinmoqda'ning rasmi

Salar – Chirchiq – Xo`jakent temir yo`l uchastkasida yo`lovchi poezdlarining, shu jumladan shaharlararo yo`nalishda tezyurar harakatni tashkillashtirish bo`yicha temir yo`llarni kapital ta`mirlash ishlari jadal sur`atlarda olib borilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati   ma`lum qildi.

Salar – Chirchiq – Xojikent temir yo`l uchastkasida temir yo`l izlarini mukammal ta`mirlash (reabilitasiya) ishlari ikki bosqichdan iborat.  

Birinchi bosqich, Salar – Chirchiq qismida bo`lib o`tadi. Hozirda, ushbu temir yo`l qismining 11 kilometrlik uchastkasida kapital ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ikkinchi bosqichda, Chirchiq – Xojikent uchastkasi qamrab olinadi. Unda, 17 kilometrlik inventar relslarni uloqsiz relslarga almashtirish rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, tezyurar harakatni tashkil etishda mavjud harakat tarkib (elektrichka)lar ham modernizasiya qilinmoqda.    

    Boshqa yangiliklar