AsosiyDunyo

Yangi pandemiya: JSST koronavirusdan ham xavfli virus haqida ogohlantirdi

'Yangi pandemiya: JSST koronavirusdan ham xavfli virus haqida ogohlantirdi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus dunyo koronavirusga qaraganda xavfli virusning yangi pandemiyasiga duch kelishini istisno qilmadi. U bu haqda Butunjahon sog`liqni saqlash assambleyasining 74-sessiyasida e`lon qildi.

"Evolyusion taxminlarga ko`ra, hozirgi kundan ko`ra ko`proq yuqumli va o`lim ko`rsatkichi yuqori bo`lgan yangi virus paydo bo`ladi", dedi Gebreyesus.

U "COVID-19 pandemiyasining asosiy qo`zg`atuvchisi" deb mamlakatlar o`rtasida birdamlikning yo`qligi va ma`lumotlar, resurslar, texnologiyalarni almashish istagi deb atadi. Agar mamlakatlar xuddi shu yo`lni tutsalar, ular yana virus bilan kurashishga tayyor bo`lmagan, xavfli va adolatsiz dunyoga kelishadi, deya ogohlantirdi JSST rahbari. Dunyo xavfsizligini ta`minlash uchun har kimning ishtiroki zarur, deb xulosa qildi Gebreyesus.
 

Avvalroq Gebreesus koronavirus pandemiyasining ikkinchi yili kasallik qurbonlari soni bo`yicha birinchi yilga qaraganda og`irroq bo`lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. "Biz ushbu pandemiyaning o`ta xavfli ikkinchi yiliga to`g`ri kelmoqdamiz", degan u.

Jons Xopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, bugungi kunga kelib dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 167 milliondan oshdi. 3 milliondan ortiq bemor vafot etdi.

    Boshqa yangiliklar