Ayni damda O`zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining Press-konfrensiyasi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi.
Konfrensiyada so`zga chiqqan uyushma raisi Bahodir Umirshayxov O`zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash darajasi haqida gapirdi.
– Statistik ma`lumotlarga ko`ra, mamlakatimizda yiliga o`rtacha 16 million tonnadan ortiq meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar, 1,5 million tonnaga yaqin go`sht, 10 million tonnaga yaqin sut ishlab chiqarilmoqda. Biroq ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi o`rtacha 15-20 foizni tashkil qilmoqda. Bu o`z-o`zidan respublikada agrologistika tizimi yaxshi rivojlanmaganligi va mazkur yo`nalishda tizimli ishlarning amalga oshirilishi lozimligini tasdiqlaydi. Qolaversa, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash va saralash xizmatlari talab darajasida emasligi etishtirilgan hosilning kamida 30 foizdan ziyodining isrof bo`lishiga olib kelmoqda. Ba`zan etishtirilgan mahsulotlarni xalqaro standartlarga mos laboratoriya tekshiruvidan o`tkazishda ham katta muammolar chiqib qolishini odamni abgor holga soladi. Bir gap bilan aytadigan bo`lsak, respublikamiz oziq-ovqat sanoati sohasida muammolar etarlicha,– dedi Bahodir Umirshayxov.
Konfrensiya davom etyapti.






