AsosiyDunyo

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirusdan 9 ming nafardan ortiq inson vafot etdi — JSST

'Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirusdan 9 ming nafardan ortiq inson vafot etdi — JSST'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni: 

  • 167 million 011 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,  
  • shundan 3 million 472 mingdan ziyod kishi vafot etgan (25.05.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 15:59 holatiga ko`ra).  

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 438 704 yangi holati aniqlandi.

9 322 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (26.05.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 09:20 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni  

  • 167 million 638 mingdan ortiq odam yuqtirgan,  
  • ulardan 3 million 481 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:

  • AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 32,797 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  
  • Ikkinchi o`rinda Hindiston (26,948 milliondan ortiq),  
  • uchinchi o`rinda Braziliya (16,083 milliondan ortiq).

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 13 925, Hindistonda 196 427, Braziliyada 35 819 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

 Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 1 milliard 707 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar