O`zbekiston Respublikasi transport vazirligining ma`lum qilishicha, joriy yilning 28 may kuni soat 09:30 dan 16:30 gacha “Toshkent mintaqaviy temir yo`l uzeli” UKga qarashli Qodirya – Oqqovoq stansiyalari oralig`idagi temir yo`lning 15-16 kilometrida kapital ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Shu bois, 28 may kungi harakat jadvali bo`yicha soat
07:10 dagi “Toshkent – Xojikent”
10:10 dagi “Xodjikent – Toshkent”
14:06 dagi “Toshkent – Xojikent”
16:42 dagi “Xojikent – Toshkent” yo`nalishlarida harakatini amalga oshiradigan 6429/6430 hamda 6435/6436-sonli shaharlararo yo`lovchi poezdlari qatnovi bekor qilinadi.
Shu kuni soat 17:31 hamda soat 19:13 da harakatlanadigan “Toshkent –Xojikent” yo`nalishidagi shaharlararo yo`lovchi poezdlari harakat jadvali bo`yicha qatnovini amalga oshiradi.






