AsosiyDunyo

Qozog`istonda hokimlarni aholi tomonidan saylanishi joriy qilinmoqda

'Qozog`istonda  hokimlarni aholi tomonidan saylanishi joriy qilinmoqda'ning rasmi

Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev "Qozog`iston Respublikasi saylovlari to`g`risida"gi Konstitusiyaviy qonunga o`zgartishlar kiritish to`g`risidagi Konstitusiyaviy qonunni imzoladi. 

Bu haqda xabar bergan deputat Rasul Kusherbaevga ko`ra, yangi qonunda mamlakatdagi barcha tumanga bo`ysunuvchi shaharlar, qishloqlar, poselkalar va qishloq okruglari ma`muriyatlarining rahbarlari (akimlar) to`g`ridan-to`g`ri aholi tomonidan saylanishi joriy qilinmoqda. Nomzodlar biror partiyadan yoki mustaqil ravishda ilgari surilishi mumkin.  

Shunday qilib, Qozog`istonda 2021 yilning ikkinchi yarmidayoq 836 ta ma`muriy birlikda akimlarning to`g`ridan-to`g`ri saylovi bo`lib o`tadi.  

Shuningdek, parlament saylovi natijasiga ko`ra parlamentdan joy oladigan partiyalar uchun ovoz yig`ish chegarasi 7 foizdan 5 foizga pasaytirildi.  

Yana bir qiziq o`zgarish bu barcha darajadagi saylov byulletenlarida "hammaga qarshi" grafasi kiritiladi. Ya`ni saylovchi hech bir nomzodni belgilamay, ularning hammasiga qarshiman, degan qismni belgilashi mumkin bo`ladi. 

    Boshqa yangiliklar