AsosiyJamiyat

1 iyundan aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlaridan foydalanishda bir qator qulayliklar yaratiladi

'1 iyundan aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlaridan foydalanishda bir qator qulayliklar yaratiladi'ning rasmi

Adliya vaziriligi bergan xabarga ko`ra, 1 iyundan aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlaridan foydalanishda quyidagi qulayliklar yaratiladi:

  •  fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro`yxatdan o`tgan joyidan qat`i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi;

 

  •  notarial harakatlarni amalga oshirishda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog`liq barcha ma`lumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha ma`lumot talab qilmasdan, “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi;

 

  •  tadbirkorlik sub`ekti bo`lgan yuridik shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun belgilangan yig`im va davlat boji to`lovlarini to`lashda ularning vakili tomonidan naqd pul shaklida to`lovni amalga oshirishga ruxsat beriladi;

 

  •  xorijiy tijorat tashkilotlarining O`zbekiston hududidagi vakolatxona xodimini akkreditasiya qilishda unda odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligi yo`qligi to`g`risidagi sertifikatni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi;

 

  •  davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlardan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha to`langan to`lovlar, shuningdek, davlat xizmatini tezlashtirilgan tartibda ko`rsatish uchun qo`shimcha to`langan yig`imlar summasi (tezlashtirilgan tartibda ko`rsatilmagan taqdirda) soddalashtirilgan tartibda bir ish kuni ichida qaytariladi;

 

 davlat xizmatini ko`rsatish natijasida beriladigan hujjatlar QR-kod (matrik shtrixli kod) qo`yish orqali berilganda ularning dublikatlarini berish tartibi bekor qilinadi. Bunda, ushbu hujjatlar elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali cheklanmagan miqdorda bepul olinadi.

 

    Boshqa yangiliklar