Ayrim hududlarda kuchli shamol holati kuzatilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi fuqarolarni ogohlantirdi.
️"Barcha haydovchilardan yo`llarda ehtiyotkor bo`lishlarini, transport vositalarini daraxt yoki kuchli shamolga chidamsiz joylarda qoldirmasliklarini so`raymiz",–deyiladi YHXBB xabarida.