AsosiyJamiyat

Samarqandda kuchaytirilgan tungi reydlar o`tkaziladi

'Samarqandda kuchaytirilgan tungi reydlar o`tkaziladi'ning rasmi

Samarqandda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tungi reydlar o`tkaziladi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Reydlarda asosiy e`tibor, qo`pol qoidabuzarliklar sodir etib yurgan haydovchilarni, tungi klub, karaoke, barlar va boshqa ko`ngil ochar joylarda sodir etilishi mumkin bo`lgan jinoyatlarni oldini olish, ko`p qavatli uylar atrofida tunning ikkinchi yarmida maqsadsiz yurgan fuqarolarni aniqlash, qidiruvdagi shaxslarni topish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalasiga qarshi kurash, yoshlar, ayniqsa, voyaga etmagan shaxslarni tungi vaqtlarda sababsiz yurganlik holatlarini aniqlash va boshqa kriminogen vaziyatga ta`sir etuvchi omillarni aniqlashga qaratiladi.

Bu kabi kuchaytirilgan tungi nazorat-reyd tadbirlarini har kuni o`tkazish belgilangan.

 

 

    Boshqa yangiliklar