Bugun, 26 may kuni soat 15:44da Yangiyo`l tumani “Registon” MFY hududidan o`tuvchi M-39 yo`lining 830 km.da harakatlanib ketayotgan “KAMAZ” rusumli yuk avtomashinasining motor va kabina qismida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar bermoqda.
Yuzaga kelgan yong`inni bartaraf etishga Toshkent viloyati Yangiyo`l tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limining 2 ta yong`in-qutqaruv guruhi jalb etilgan. Yong`in-qutqaruvchilar voqea joyiga soat 15:54da etib borib, soat 15:58da yong`in qurshab olingan va soat 16:04da to`liq o`chirilgan.
Yong`in natijasida yuk avtomobili haydovchisi qo`l qismidan 3 foiz kuyish tan jarohatini olib, shifokorlar tomonidan unga tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.