AsosiyDunyo

Fransiya mamlakat hududidagi britaniyaliklar uchun karantin joriy qildi

'Fransiya mamlakat hududidagi britaniyaliklar uchun karantin joriy qildi'ning rasmi

Fransiya hukumati Buyuk Britaniyadan kelgan sayyohlar 14 kunlik majburiy qarantinga olinishini e`lon qildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, hukumat Hindistonda tarqalgan virusning yangi turidan xavotirda ekanini bildirgan.

“Mazkur qarorning kuchga kirishi bilan bog`liq tafsilotlar tez orada aniq bo`ladi”, dedi Fransiya hukumati rasmiy vakili Gabriel Attal.

Eslatib o`tamiz, hozirgacha 16 mamlakat Fransiya hududiga kirgandan so`ng, 14 kunlik karantinga olinayotgan edi. Endi Buyuk Britaniya fuqarolari uchun ham ushbu tartib kuchga kirdi.

    Boshqa yangiliklar