Fransiya futbol federasiyasi shtab-kvartirasida FIFA va UEFA sobiq prezidentlari Zepp Blatter va Mishel Platini ishi yuzasidan Shveysariya hukumati tintuv-tekshiruv ishlarini olib bordi. Bu haqda championat.com xabar bermoqda.
Tekshiruvlar natijasida Blatter va Platini amalga oshirgan noqonuniy pul o`tkazmalariga bog`liq ayrim hujjatlar topildi. Blatterning aytishicha, u barcha pul o`tkazmalarini Platinining shaxsiy bank raqamiga yuborish orqali amalga oshirgan. Shu sababdan, u Fransiya futbol federasiyasida tintuv olib borilganini kutmagandi.
Qayd etish kerakki, har ikki mutasaddi 2 million shveysar frankini noqonuniy ravishda o`tkazilganlikda gumon qilinayotgani sababli o`z lavozimidan iste`fo berishga majbur bo`lgan edi.
Blatter va Platini avvaliga 8 yilda futbolga aloqador barcha ishlardan chetlatilgandi. Keyin esa ularning diskvalifikasiya muddati 2 yilga qisqartirilgan.





