Xorazmlik Chet tili fani o`qituvchisi “MDHning eng yaxshi yosh olimi-2021” deb topildi. Shuningdek Misr davlatida 2-4 iyun kunlari bo`lib o`tadigan adabiy anjumanga yo`llanmani qo`lga kiritdi. Bu haqda XTV Matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Xorazm viloyati Gurlan tumani 33-sonli umumta`lim maktabining ingliz va nemis tili fani o`qituvchisi Ogulnur Ataeva Qozog`icton Respublikasining Nursulton shahrida MDH davlatlari o`rtasida o`tkazilgan "Yilning eng yaxshi yosh olimi - 2021" Xalqaro tanlovida 14 ta mamlakat ichida Chet tillar yo`nalishida birinchi o`ringa loyiq ko`rilib, oltin medal bilan taqdirlandi.
Ogulnur Ataeva maktabda o`quvchilarga saboq berish bilan bir qatorda yosh ijodkor sifatida faoliyat yuritib kelmokda. Hozirgi kunda O`zbekistan Fanlar Akademiyasi Fan nashriyoti tomonidan “Deutsch für ALLE” va “Ilm-ma'rifat-yorqin kelajak mash'ali” kitoblari 300 nusxada chop kilindi.
Hozirga qadar 40 dan ortik ilmiy maqolalari va tezislari xalqaro hamda respublika nashrlarida e`lon qilingan.






