Bojxonachilar tilla quyma bo`laklarini noodatiy usulda yurtimizdan olib chiqishga uringan shaxs faoliyatiga chek qo`yishdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati xabar qildi.
Yurtimizdan xorijga yo`l olgan fuqaro N.M.ning xatti-harakatlari bojxona xodimlari e`tiborini tortadi. Shundan so`ng, ushbu shaxs “Bodyscanner” uskunasi yordamida bojxona ko`rigidan o`tkazildi.
Natijada, fuqaro o`z og`iz bo`shlig`iga 163 grammlik tilla quymalarini tish uchun qoplama shakliga keltirib joylagani va shu tariqa bojxona nazoratidan yashirishga uringanligi aniqlandi.
Hozirda umumiy qiymati 94,7 million so`mga teng bo`lgan quyma metall bo`laklari vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






