Koreya Respublikasida 5 oylik mavsumiy ishlarda E-8 vizasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan fuqarolar uchun respublikamiz viloyatlarida tanlovlar tashkil etilib, muvaffaqiyatli o`tganlar ishlash uchun jo`nab ketayotgani xabar qilingan edi.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining ma`lum qilishicha, ishga jo`nayotganlarga shartnoma shartlarini buzganlar katta miqdordagi jarima qo`llanishi, Koreya Respublikasi hududidan chiqarib yuborilishi kabi huquqiy choralar ko`rilishi haqida takror va takror ogohlantirilgan.
Shunga qaramay yurtdoshlarimizdan biri shartnoma shartlarini buzganligi sababli uning vizasi bekor qilinib, u O`zbekistonga qaytarildi.






