“Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent” qatnovi O`zbekistonda va Isroilda epidemiologik vaziyatni yaxshilash bilan bir qatorda hamda rejali qayta tiklanishni hisobga olgan holda, Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" xabar berdi.
️Muntazam aviaqatnov haftada bir marta, dushanba kuni amalga oshiriladi. Toshkent – Tel-Aviv aviachiptasining narxi 4 276 000 so`mdan boshlanadi. Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo`nalishi aviachiptasining narxi 5 738 000 so`mdan boshlanadi (narxlar aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3% chegirmani hisobga olingan holda ko`rsatilgan).
Ta`kidlash joizki, xorijiy fuqarolarga Isroilga kirish va tranzit maqsadida foydalanish taqiqlandi. Ushbu ro`yxat Isroil fuqarolari va rezidentlari, aholi va immigrasiya boshqarmasi tomonidan berilgan ruxsatnomaga ega yo`lovchilarni o`z ichiga olmaydi.
Bundan tashqari, 72 soatdan ko`proq vaqt davomida Isroildan tashqarida bo`lgan, ushbu davlatga kirgan yoki tranzit yo`lovchilar va ekipaj a`zolari 72 soat oldin COVID-19 uchun PCR-testini topshirishlari va birinchi nuqtadan chiqishdan oldin testning salbiy natijasini olishlari kerak.
Isroilga keladiganlar ushbu manzil orqali "Kirish hisoboti" shaklini Isroilga parvoz qilishdan oldin 24 soatdan kechiktirmasdan to`ldirishlari kerak: https://www.gov.il/en/service/request-entry-to-israel-covid19 va Isroil sog`liqni saqlash vazirligidan elektron ruxsat olishlari talab etiladi. Bundan tashqari, yo`lovchilar COVID-19 xarajatlarini qoplash uchun tibbiy sug`urtaga (Isroil fuqarolari va rezidentlariga taalluqli emas) ega bo`lishlari kerak.
• Yo`lovchilar Isroilga kelishlari bilan COVID-19 uchun PCR-testini topshiradilar va 14 kungacha karantinda saqlanishlari mumkin.
• Qo`shimcha ma`lumotlar haqida quyidagi havolada tanishishingiz mumkin: https://tinyurl.com/ypvvex9p.
• COVID-19 haqida batafsil ma`lumot bilan quyidagi manzilda tanishishingiz mumkin: https://www.gov.il/en/departments/air-travel-covid19-israel.






