"KE Holdings" ko`chmas mulk kompaniyasining asoschisi Szo Xuey 20-may, payshanba kuni to`satdan vafot etdi, deb yozmoqda lenta.ru Bloombergga tayanib.
14,8 milliard dollarlik boylikka ega bo`lgan ishbilarmon 50 yoshida vafot etdi. "KE Holdings" veb-saytida joylashtirilgan xabarga ko`ra, dunyodagi eng boy odamlardan biri, Xitoyning eng badavlat odamlari o`ntaligiga kiruvchi milliarder "kasallikning kutilmagan alangasidan" vafot etdi.
Szo 1971 yilda XXRning Shensi provinsiyasida tug`ilgan va 1992 yilda Pekin kimyoviy texnologiya universitetini tamomlagan. Xitoy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, u ilk boyligini sug`urta biznesidan orttirgan. Keyin 2001 yilda u o`zining birinchi ko`chmas mulk kompaniyasini - " Beijing Lianjia Real Estate Brokerage"ni tashkil etadi. 2018-yilda Xuey "KE Holdings" ni tashkil qiladi va Xitoyning eng yirik uy-joylar bilan xizmat ko`rsatish bo`yicha xizmat ko`rsatish platformasi bo`lgan Beike-ni ishga tushirdi va mamlakatning eng nufuzli ishbilarmonlaridan biriga aylandi.






