Bu haqda AOKAda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi:
«Bugungi kun holatiga respublika bo`yicha jami 6 million 900 mingdan ortiq hisoblagich o`rnatib bo`lindi. Rejaga asosan, jami 7 million 400 mingtaga yaqin hisoblagich almashtirilishi kerakligi hisobga olinsa, bu — qariyb 93 foiz iste`molchining hisoblagichlari tizimga mos hisoblagichlarga almashtirib bo`lindi, degani.
Hozirgacha ushbu o`rnatilgan hisoblagichlarning qariyb 5 millionga yaqini billing tizimiga ulangan, tizimga ulangan ushbu iste`molchilar bilan hisob-kitoblar avtomatik ravishda amalga oshirilmoqda va hisoblagichlar bo`yicha ma`lumot olish va nazorat qilish imkoniyati mavjud.
ASKUE tizimini joriy etishdan asosiy maqsad — iste`molchi va ta`minotchi o`rtasidagi shaffoflikni ta`minlash, etkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarga aniqlik kiritish, iste`molchilarning foydalangan elektr energiyasi uchun to`lov intizomini mustahkamlash.
️ Avvalgi hisoblagichlarda sanoqli ma`lumotlar jamlangan bo`lsa, yangi tizimga ulangan hisoblagichlarda 40 ga yaqin ma`lumotni ko`rish imkoniyati mavjud bo`lib, egasiga taxminan 25 yilgacha xizmat qilishi ko`zda tutilgan «aqlli» hisoblagichlar mahalliy korxonalar tomonidan jahon standartlari asosida yurtimiz iqlim sharoiti, xususan, havoning eng issiq va eng sovuq darajasiga moslashtirilgan holda ishlab chiqarilmoqda».






