Kamoliddin Akbaraliev Toshkent viloyati, Ohangaron shahridagi 1-umumta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi. Joriy yilning 20-21 aprel kunlari Qozog`istonning Nur-Sulton shahrida MDH davlatlari o`rtasida o`tkazilgan “Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021» xalqaro tanlovida ta`lim yo`nalishi bo`yicha 1-o`rinni qo`lga kiritdi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar berdi.
"Bilimdon o`quvchimiz mazkur xalqaro tanlovda “Zamonaviy ta`limni rivojlantirish” bo`yicha ilimiy ishi bilan ishtirok etdi. Ilmiy ishga kiritilgan maktablardagi ta`limni rivojlantirish va sohaga zamonaviy ta`limni tatbiq etish bo`yicha o`z fikrlari hakamlar tomonidan yuqori baholandi",–deyiladi vazirlik xabarida.
“Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021» xalqaro tanlovida MDH davlatlaridan 1000 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashdi. Ulardan 100 nafarga yaqin ishtirokchilarning ilmiy ishlari tanlov uchun saralab olindi. Tanlovda qatnashgan ishtirokchilarning 50 nafari fan, ta`lim, siyosat, biologiya, kimyo, tilshunoslik va boshqa yo`nalishlar bo`yicha g`olib deb topildi. Ushbu tanlovda yurtimizdagi maktab o`quvchilari uchun aniq va gumanitar fanlar bo`yicha IT asosida ta`lim berish bo`yicha tayyorlagan ilmiy ishim bilan ishtirok etdim. Maktablarda internetdan to`g`ri foydalanish, barcha darslarni axborot texnologiyalari - planshet, noutbuk orqali tashkil etish bo`yicha tashkil etish taklifi bilan chiqdim. Ilmiy ish yozish jarayonida 10 ga yaqin mamlakatlar, Rossiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, AQSh, Saudiya Arabistoni kabi davlatlar ta`lim sohasi bilan yaqindan tanishdim. Rivojlangan davlatlarda ta`lim jarayonida axborot texnologiyalaridan ko`p foydalanish kabi metodlar meni o`ziga jalb etdi. O`quvchilarga darslar zamonaviy texnologiyalar va internet programmalari orqali o`tilishi, yoshlarni oliy ta`limga kirishi uchun emas, ularni hayotga tayyorlab ta`lim berilishi manzur bo`ldi. Yurtimizdagi Prezident maktabi o`quvchilari bilan suhbatlashganimda, ularning ham asosiy maqsadi oliy ta`lim muassasasiga kirish emas, o`z mutaxassisligi bo`yicha yaxshi kadr bo`lib etishish ekanligini bildirdi. Bu maqsad Gollandiya ta`limi bilan bir xil ekani menga manzur bo`ldi",–deydi Kamoliddin Akbaraliev.
Kamoliddin Akbaraliev xalqaro tanlovda yuqori natijani qo`lga kiritib, ko`krak nishoni va diplom bilan taqdirlandi. Bu yutug`idan so`ng u yana muvaffaqiyatga erishdi. 21-22 may kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida BMTning narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan "TASHKENT INTERNATIONAL MODEL UNITED NATIONS" anjumanida o`zining ilmiy loyihasi bilan ishtirok etib, sertifikatni qo`lga kiritdi.