AsosiyJamiyat

Namanganlik 61 yoshli fuqaro "Odnoklasniki"dagi ayol qarmog`iga ilindi

'Namanganlik 61 yoshli fuqaro "Odnoklasniki"dagi ayol qarmog`iga ilindi'ning rasmi

61 yoshli fuqaro Sh.Z. Namangan shahri bo`yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yilning 19 may kuni “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog`i orqali “Feruza Qo`chqorova” nomli profil egasi bilan tanishib qolib, bir-birlariga o`zaro SMS xabarlar va behayo tushgan suratlarini yuborganliklarini, so`ng “Feruza Qo`chqorova” uning suratlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib yubormasligi evaziga 2 million so`m pullarni talab qilayotganligini ma`lum qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

22 may kuni soat 14:00 larda Namangan shahri Chorsu mahallasida “Kudratilla” ismli shaxs Sh.Z.dan kimyoviy ishlov berilgan 2 million so`m pullarni tovlamachilik yo`li bilan olayotgan vaqtida JQB xodimlari tomonidan qo`lga olingan.

Tezkor tadbir davomida, “Feruza Qo`chqorova” nomli profil egasi aslida 47 yoshli fuqaro A.K.ning o`zi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta`kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko`ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar