Yashnobod tuman BIY – Turon ko`chalari chorrahasida Lasetti avtobusi bilan to`qnashdi.
Bu xaqda Toshkent shahar IIBB YHX boshqarmasi matbuot xizmati xabariga asoslanib, Zamon.uz ma`lumot berdi.
Bugun Yashnobod tumanida 27 may kuni soat 13:08 da “102” tizimidan tushgan xabarga ko`ra, shu kuni soat 12:30 larda, BIY – Turon ko`chalari chorrahasida, M.Ulug`bek tumani M.Ulug`bek ko`chasi 122-uy, 24-xonadonda yashovchi Xalilov Aziz Saidovich “Lasetti” rusumli d/r 01 F 372 MA avtoulovini boshqarib ketayotib, Toshkent viloyati Qibray tumani Chinobod QFY Oydinobod ko`chasi 4-uyda yashovchi Karimov Tolibjon Toir o`g`li yo`l varaqasi asosida, «Mersedes-BENS» rusumli d/r 01 245 VCA avtobusi bilan to`qnashgan.
YTH sababi: «Mersedes-BENS» rusumli avtobusi svetoforning ta`qiqlovchi qizil chirog`ida harakatlanib, “Lasetti” rusumli avtoulovi bilan to`qnashgan.
To`qnashuv natijasida: “Lasetti” rusumli avtoulov haydovchisi A.Xalilov “chap peshona sohasi ochiq jarohati, chap qo`l sohasi shilingan jarohati” tashxisi bilan 1-sonli RKShda tibbiy yordam ko`rsatilgan.






