AsosiyDunyo

Kim Chen In koronavirusdan xavfsirab jamoatchilik oldiga chiqmayapti

'Kim Chen In koronavirusdan xavfsirab jamoatchilik oldiga chiqmayapti'ning rasmi

Shimoliy Koreya rahabri Kim Chen In dunyoda koronavirusning keng tarqalayotganidan xavotirda ekani sababli o`zining ommaviy tadbirlardagi ishtirokini qisqartirdi. Bu haqda ikki Koreyani birlashtirish bo`yicha vazirlik vakiliga tayanib «Ryonxap» agentligi xabar berdi, deb yozmoqda «Interfaks».

«2020—2021 yilda koronavirusning tarqalishi munosabati bilan Kim Chen Inning jamoat faoliyatida pasayish tendensiyasi kuzatildi. Uning partiya qurultoyi kabi keng ko`lamli siyosiy tadbirlarda ishtirok etishi bundan mustasno», — deb xabar berdi vazirlik vakili jurnalistlarga nomini oshkor qilinmaslik sharti bilan.

Ta`kidlanishicha, yaqinda KXDR rahbari, taxminan, 20 kun davomida jamoatchilik e`tiboridan chetda qoldi.

Agentlikka xabar bergan vakilning so`zlariga ko`ra, davlat rahabarining oxirgi paytlarda jamoatchilikka ko`rinish bermaganining sababini aytishga hali erta, lekin vazirlik tegishli vaziyatlarni diqqat bilan kuzatib boradi.

    Boshqa yangiliklar