AOKAda bo`lib o`tgan brifingda "Sanoatqurilishmateriallari" uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov uyushmaning ishlab chiqarish yo`nalishi bo`yicha ma`lumot berdi.
"Joriy yil yakuni bilan yiliga 4,9 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi va jami sement ishlab chiqarish quvvatlari 20 mln tonnaga etkaziladi.
Shuningdek, yiliga 22,2 mln kv metr qurilish oynasi ishlab chiqarish bo`yicha yangi quvvat ishga tushirilib, jami qurilish oynasi ishlab chiqarish bo`yicha quvvatlar 42 mln kv metrni tashkil etadi.
Ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning yanvar-mart oylarida 31 ta investisiya loyihasi bo`yicha jami 40,25 mln dollar, shundan 21,4 mln dollar miqdorida to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalar o`zlashtirildi. Umumiy qiymati 5 mln dollar bo`lgan 1 ta – "Monolith Asia" MChJ QKda payvandlash elektrodlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi ishga tushirildi va 200 ta yangi ish o`rinlari tashkil etildi.
Shuningdek, hududlarni sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlariga asosan dastlabki ro`yxatga asosan 2021 yilda qurilish materiallari sohasida jami 806 ta loyiha bo`yicha 7 trln 580 mlrd so`m, jumladan 1-chorakda 1 trln 458 mlrd so`m o`zlashtirish belgilangan.
E`tiborlisi, 2021 yil 1-chorakda 806 ta loyiha bo`yicha 1 trln 523 mlrd so`mlik mablag`lar yoki rejaga nisbatan 104,5 foiz o`zlashtirilgan. Shundan, joriy yilning 1-choragida 288,1 mlrd so`mlik 43 ta loyiha ishga tushirilgan va 397 ta yangi ish o`rni yaratilgan", – dedi Jamshid Shermetov.






