AsosiyJamiyat

Jahon banki O`zbekistonning uchta hududidagi kanalizasiya va suv ta`minotini yaxshilash uchun mablag` ajratdi

'Jahon banki O`zbekistonning uchta hududidagi kanalizasiya va suv ta`minotini yaxshilash uchun mablag` ajratdi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda «O`zsuvta`minot» axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma`lum qildi:

️ «17 may kuni O`zbekiston va Jahon banki «O`zbekistonda suv ta`minoti xizmatlari sektorini rivojlantirish va uni institusional qo`llab-quvvatlash» va «Milliy innovasion tizimni modernizasiya qilish» loyihalari bo`yicha kelishuvga erishdi. Hamkorlik bitimlari Moliya vazirligida, Markaziy Osiyo mamlakatlari bo`ylab birinchi ish safari doirasida Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo bo`yicha vise-prezidenti Anna Byorde bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda imzolandi.

Loyihani amalga oshirish uchun JB tomonidan 239 mln AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit, shuningdek, Shveysariya davlat kotibiyatining iqtisodiy masalalar bo`yicha 7,8 mln AQSh dollari miqdoridagi granti ajratiladi.

 Loyiha doirasida O`zbekistonning uchta hududida 500 mingdan ortiq aholi suv ta`minoti va kanalizasiya xizmatlaridan yanada sifatli foydalana oladi. Qoraqalpog`iston Respublikasida Nukus, Taxiatosh va Xo`jayli shaharlarida kanalizasiya-tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, Sirdaryo viloyati va Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on shahrida suv ta`minoti va kanalizasiya tarmoqlari kengaytirilib, rekonstruksiya qilinadi».

 

    Boshqa yangiliklar