AsosiyJamiyat

Ichimlik va oqova suv tizimini rivojlashtirish uchun 2 mlrd 350,6 mln dollarlik 22 ta loyiha amalga oshiriladi

'Ichimlik va oqova suv tizimini rivojlashtirish uchun 2 mlrd 350,6 mln dollarlik 22 ta loyiha amalga oshiriladi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan brifingda «O`zsuvta`minot» axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma`lum qildi:

«Respublika hududlarini ichimlik suvi bilan ta`minlashga ko`maklashish maqsadida Xalqaro moliya institutlarining, jumladan Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investisiya banki, Jahon banki, Evropa taraqqiyot va tiklanish banki, Evropa investisiya banki, Arab muvofiqlashtirish guruhiga kiruvchi Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamg`armasi va OPEK jamg`armalarining imtiyozli mablag`lari jalb qilinmoqda.

 Mamlakatimizda ichimlik suv ta`minoti va oqova suv tizimini rivojlashtirish yuzasidan Xalqaro moliya institutlari ishtirokida joriy 2021 yilda umumiy qiymati 2 350,6 mln. dollarga teng bo`lgan jami 22 ta investisiya loyihalaci amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo`lib, bundan 201,1 mln. doll. o`zlashtirish ko`zda tutilmoqda.

Ushbu 22 ta loyiha quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirilmoqda:

▪️1997,8 mln. dollar (85%) Xalqaro moliya institutlari mablag`lari hisobidan;

▪️352,8 mln. dollar (15%) davlat byudjeti mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi (soliq, bojxona to`lovlari buyicha imtiyozlar va h.k.).

22 ta loyihadan 16 ta loyiha yildan yilga o`tuvchi, 6 ta loyiha esa yangi  hisoblanadi.  

 Amalda joriy yilning yanvar-aprel oylarida 27,7 mln. dollar miqdorida xalqaro moliya institutlarining qarz mablag`lari o`zlashtirilib, belgilangan prognoz ko`rsatkich 100,3 foizga bajarildi.  

O`zlashtirilgan qarz mablag`larining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (jami hajmga nisbatan 31,4 foiz yoki 8,7 mln. dollar),

Jahon banki (30,2 foiz yoki 8,4 mln. dollar), Islom taraqqiyot banki (27,2 foiz yoki 7,5 mln. dollar), Saudiya taraqqiyot jamg`armasi (6,6 foiz yoki 1,8 mln. dollar) hamda OPEK jamg`armasi (4,6 foiz yoki 1,3 mln. dollar) hissasiga to`g`ri keldi.

 Ushbu mablag`lar asosan qurilish-montaj ishlari (88,6 foiz yoki 24,4 mln. dollar), uskuna va jihozlar xarid qilish (2 foiz yoki 0,5 mln. dollar) hamda konsalting xizmatlari ko`rsatish va boshqa yo`nalishlar (9,8 foiz yoki 2,7 mln. dollar) uchun yo`naltirildi».

 

    Boshqa yangiliklar