AsosiyJamiyat

Surxondaryoda qarzdorning akasi MIB xodimiga pichoq bilan hujum qildi

'Surxondaryoda qarzdorning akasi MIB xodimiga pichoq bilan hujum qildi'ning rasmi

Surxondaryoda fuqaro MIB hodimini do`pposladi va pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 21 may kuni MIB Sho`rchi tumani bo`limi davlat ijrochisi A.A. ijro hujjati (qarz undirish)ga asosan tegishli xonadonga borgan vaqtida, qarzdorning akasi qo`liga pichoq olib, davlat ijrochisiga tan jarohati etkazmoqchi bo`lgan.

Voqea ishtirokchilari tomonidan ushbu harakati to`xtatib qolinishiga qaramasdan davlat ijrochisini qo`llari bilan urib, uning boshqaruvida bo`lgan avtomashinasiga tosh otib orqa oynasini sindirib, ijro harakatini amalga oshirishdan voz kechishga majbur qilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Sho`rchi tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar