AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qizlar va ayollar orasida onkologik kasalliklar tarqalishining oldini olish va erta diagnostika qilish uchun milliy dastur ishlab chiqildi

'O`zbekistonda qizlar va ayollar orasida onkologik kasalliklar tarqalishining oldini olish va erta diagnostika qilish uchun milliy dastur ishlab chiqildi'ning rasmi

Ayollar orasida keng ko`lamli birlamchi tekshirishlarni amalga oshiradigan “Onko-nazorat” xonalari tashkil etiladi

Qarorga ko`ra, 2022 yil 1 yanvardan qizlar va ayollar orasida onkologik kasalliklar tarqalishining oldini olish va erta diagnostika qilish quyidagi milliy dasturlar asosida amalga oshiriladi:

  • 9–14 yoshdagi o`smir qizlarni odam papillomasi virusiga qarshi vaksina bilan emlash;
  • 30–55 yoshdagi ayollar orasida bachadon bo`yni va 45–65 yoshdagi ayollar orasida ko`krak bezi saratoni skriningi.

2022 yil 1 yanvardan tuman (shahar) ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalarining “Ayollar maslahatxona”lari tarkibida muntazam ravishda ayollar orasida keng ko`lamli birlamchi tekshirishlarni amalga oshiradigan “Onko-nazorat” (Cancer-nazorat) xonalari tashkil etiladi.

2021 yil 1 iyuldan:  

  • gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, transfuziologiya va shu sohadagi laboratoriya yo`nalishlari bo`yicha yosh mutaxassislarning xorijdagi etakchi ilmiy va tibbiyot markazlari ish joylarida malaka oshirishi va stajirovka o`tashi bilan bog`liq xarajatlar to`liq qoplab beriladi;
  • bemorlarning onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan davlat tibbiyot muassasalari yo`llanmalari asosida pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan o`tishi bilan bog`liq xarajatlari Davlat byudjetidan qoplanadi;
  • onkologik va gematologik bemorlarning Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlardan respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga temir yo`l va aviatransport vositalari orqali kelishi bilan bog`liq xarajatlar tegishli mahalliy byudjetlar mablag`lari hisobidan to`liq qoplab beriladi.  

 

🖥 Shuningdek, gematologik, onkologik va irsiy immunologik kasalliklarga chalingan fuqarolarga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida bemorlarning elektron ro`yxatini yuritish tizimi joriy etiladi. 

Boshqa yangiliklar