AsosiyJamiyat

Nukusda fuqarolar yo`lni nega to`sib qo`ydi? Hokimlik bunga izoh berdi

'Nukusda fuqarolar yo`lni nega to`sib qo`ydi? Hokimlik bunga izoh berdi'ning rasmi

Kecha, 28-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahar, A.Dosnazarov ko`chasi bo`yida bir guruh fuqarolar yo`lni to`sib qo`yilganligi haqida xabar tarqalgan edi.

Nukus shahar hokimligi axborot xizmati xabariga qilishicha, AK Xalq banki Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahar bank xizmatlar markazining va Pensiya jamg`armasi Nukus shahar bo`limining bergan ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgust kungi PQ-4797 sonli qarori asosida nafaqa pullarini tarqatish yoki berish «Ijtimoiy muhofaza qilishning yagona reestri» axborot tizimida, ya`niy, yangi dastur bo`yicha ish olib borilayotganligi sababli texnik nasozliklar yuzaga kelgan.

Shu sababli, nafaqa oluvchi fuqarolarning nafaqalari 25-maydan 27-may sanasiga kechiktirilganligi ma`lum  bo`ldi.

"Bu texnik nasozliklar bartaraf etilganligi va shu kunning ikkinchi yarimida nafaqa oluvchilarning plastik hisob raqamiga o`tkazib berilganligin bildiramiz",–deyiladi hokimlik xabarida.

Boshqa yangiliklar