Tashqi mehnat migrasiyasi xabariga ko`ra, qoraqalpog`istonlik S.O 27 mart kuni Qozog`iston Respublikasining Oqtau shahridagi qurilish ob`ektida ishlash jarayonida 5 qavatdan yiqilishi oqibatida og`ir tan jarohati olib, zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.
O`zbekistan Respublikasining Oqtau shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan ish beruvchi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida fuqaroning shifoxona xarajatlari ish beruvchi mablag`lari hisobidan qoplandi. Shuningdek, fuqaroning onasi K.Tga 3 mln. tenge (7000 AQSh dollar) miqdorida moddiy yordam ko`rsatilgan.
Fuqaro S.O va uning onasi Bosh konsulxona ko`magida, ish beruvchining mablag`lari hisobidan Aqtau-Urganch yo`nalishidagi aviareys orqali O`zbekistonga qaytarildi.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Nukus filiali tomonidan fuqaro kutib olinib, maxsus tibbiy transportda Nukus shahar shifoxonasiga olib borildi.
Bugungi kunda fuqaro shifokorlar nazoratida davolanmoqda.






