AsosiySiyosat

Prezident vazir o`rinbosariga issiqliq tizimini modernizasiya qilish uchun olti oy muxlat berdi

'Prezident vazir o`rinbosariga issiqliq tizimini modernizasiya qilish uchun olti oy muxlat berdi'ning rasmi

Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri o`rinbosari vazifasini bajaruvchi Qurbon Tursunovga issiqliq tizimini modernizasiya qilish bo`yicha mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish sharti bilan olti oy sinov muddati berildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida o`tkazilayotgan videoselektor yig`ilishidan “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov xabar bermoqda.

   Misol uchun, respublika bo`yicha markazlashgan issiqlik tarmoqlariga 15 mingta turar-joy ulangan bo`lsa-da (40 foiz), 2 ming kilometr issiqlik tarmog`i (50 foiz) yaroqsiz ahvolda bo`lib, tarmoqdagi yo`qotishlar o`rtacha 40 foizni tashkil etmoqda. Shularni hisobga olgan holda yil yakuniga qadar 56 ta qozonxona qurish va rekonstruksiya qilish, 205 kilometr tarmoqlarni ta`mirlash orqali, 85 mingta xonadonli 2 mingdan ziyod uylarni markaziy issiqlik tarmog`iga ulashi zarurligi ta`kidlandi. Shundan Toshkent viloyatida – 1,1 mingta, Farg`onada – 131 ta, Namanganda – 350 ta, Buxoroda – 202 ta, Samarqandda – 93 ta, ko`p qavatli uy-joylarda markazlashgan issiqlik tizimi tiklanishi zarur.

Shunda energosamaradorlik 57 foizdan 92 foizga ortib, tarmoqdagi yo`qotishlar 35 foizdan 3,5 foizga tushadi.

Birgina misol, Toshkent shahri issiqlik ta`minotini “yopiq tizim”ga o`tkazish yiliga 3 million gigakaloriya issiqlik yo`qotishni (420 milliard so`m), 320 million kubmetr (210 milliard so`m) tabiiy gaz hamda 85 million kilovatt (40 milliard so`m) elektr sarfini qisqartirish imkonini beradi.

Mavzuga doir:

O`zbekistonda so`nggi ikki yilda uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish sohasida 100 ga yaqin mansabdorlar korrupsiya tufayli javobgarlikka tortilgan

Jahongir Ortiqxo`jaev prezidentga yangi kompaniya tashkil qilish taklifini berdi

Barcha hududlarda yaroqsiz holatga kelgan ikki qavatli uylar qayta quriladi

    Boshqa yangiliklar