AsosiySiyosat

Fuqarolarga uy-joy sotib olish uchun subsidiya to`lash muddati va kelishiladigan tashkilotlar soni qisqartiriladi

'Fuqarolarga uy-joy sotib olish uchun subsidiya to`lash muddati va kelishiladigan tashkilotlar soni qisqartiriladi'ning rasmi

Yangi qurilayotgan turar-joy massivlariga 185 kilometr ichimlik suvi, 290 kilometr oqava tizimi, 130 kilometr elektr, 110 kilometr tabiiy gaz tarmoqlari zarur. Bunga talab etiladigan 415 milliard so`m mablag`larning manbalari to`liq hal etilgan. Osiyo taraqqiyot bankidan qo`shimcha berilgan 50 million dollar hisobidan aholi eng zich, uy-joyga talab yuqori bo`lgan tumanlarni belgilab, kamida 3 mingta xonadonli ko`p qavatli uylar quriladi. Bu ma`lumotlarni “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov prezident videoselektori yig`ilishidan keltirmoqda.

Shu bilan birga, bugungi kunga qadar boshlang`ich badal uchun subsidiya so`ragan27,5 mingta murojaat bo`yicha, faqatgina 4 mingta arizaga ijobiy xulosa berilgan (73 milliard so`m yoki 8 foiz subsidiya berilgan, xolos). Hozirda 5,5 mingta ariza rad etilgan, 18 mingtasi o`rganilmoqda.Sababi, uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to`lashning amaldagi tartib bo`yicha arizani ko`rib chiqishga 25 kungacha vaqt ketadi. Ikki hafta muddatda subsidiya bo`yicha murojaatlarni ko`rib chiqish muddatini 10 kundan 3 kungacha, kelishiladigan tashkilotlarni 9 tadan 5 taga qisqartirsin.

Mavzuga doir:

O`zbekistonda so`nggi ikki yilda uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish sohasida 100 ga yaqin mansabdorlar korrupsiya tufayli javobgarlikka tortilgan

Jahongir Ortiqxo`jaev prezidentga yangi kompaniya tashkil qilish taklifini berdi

Barcha hududlarda yaroqsiz holatga kelgan ikki qavatli uylar qayta quriladi

 

    Boshqa yangiliklar