AsosiyJamiyat

Toshkent-Navoiy yo`nalishida harakatlanib ketayotgan "Isuzu" avtomobili haydovchisi uxlab qolgani sabab Samarqandda ag`darilib ketdi

'Toshkent-Navoiy yo`nalishida harakatlanib ketayotgan "Isuzu" avtomobili haydovchisi uxlab qolgani sabab Samarqandda ag`darilib ketdi'ning rasmi

Bugun, 29 may kuni soat 05:30 larda Samarqand shahri hududidan o`tuvchi M-37A avtomobil yo`lining 35-km.da, "Toshkent-Navoiy" yo`nalishida harakatlanib kelayotgan "Isuzu" rusumli yuk avtomobilining haydovchisi uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yo`qotib, Zarafshon daryosining qirg`og`iga ag`darilib ketgan. Bu haqda Samarqand viloyati YHXB xabar berdi.

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagani aytilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar