Toshkent viloyatida jami 891ta maktab faoliyat ko`rsatayotgan bo`lib, hozirgi kunda 54 ta umumta`lim maktabi karantin holatida. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Tahsilni onlayn rejimida olib borayotgan edi.
Joriy yilning 26 may kunidan boshlangan 9- va 11- sinflarda o`tkaziladigan davlat imtihonlari 837 ta maktabda barqaror holatda davom etayapti.
Tahsilni onlayn olib borgan ta`lim muassasalarida esa karantin muddati tugagach navbatdan tashqari pedogogik kengash yig`ilishi o`tkazilib, imtihon kunlari (sanalari) belgilab olinadi. Va belgilangan sanalarda karantin qoidalariga qat`iy rioya qilgan holda ochiq havoda yoki yopiq binolarda o`tkaziladi.






