Kecha yurtimizning barcha hududlarida koronavirus aniqlanib, bir nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lumot berdi.
2021 yil 28 may holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99844 (+264) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 9 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 6 nafari Andijon viloyatida,
- 2 nafari Buxoro viloyatida,
- 8 nafari Jizzax viloyatida,
- 9 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 4 nafari Namangan viloyatida,
- 49 nafari Samarqand viloyatida,
- 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 14 nafari Farg`ona viloyatida,
- 4 nafari Xorazm viloyatida,
- 43 nafari Toshkent viloyatida,
105 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 12 nafar,
- Buxoro viloyatida 4 nafar,
- Jizzax viloyatida 3 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 13 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 7 nafar,
- Farg`ona viloyatida 1 nafar,
- Toshkent viloyatida 55 nafar,
Toshkent shahrida 171 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 95529 (+279) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 688 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3627 nafar bemor davolanmoqda.






