Samarqand viloyati tuman (shahar) hokimliklarida “mahallabay” ishlash tizimi eksperiment tariqasida o`tkaziladi.
Bunda:
- mahallabay ishlash markazlari davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi;
- tuman (shahar)lardagi har uchta mahallaga bittadan mahallabay ishlash inspektorlari biriktiriladi;
- mahalla fuqarolar yig`ini raisining tadbirkorlik va tomorqa masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimi joriy etiladi.
Markazlar faoliyati Pastdarg`om, Urgut va Bulung`ur tumanlarida joriy yil 1 iyundan hamda viloyatning qolgan tuman (shahar)larida 1 avgustgacha tashkil etiladi.






