Kecha, 28 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Munisa Rizaevaning singlisi Karima Rizaeva YTHga uchragani aytilayotgan videolavha tarqaldi.
Bu voqea internetda ko`plab muhokamalarga sabab bo`ldi. Bu voqeaga oydinlik kiritish maqsadida, Munisa Rizaeva videolavha suratga oldi va ijtimoiy tarmoqdagi o`z sahifasiga joyladi.
Hodisa yuzasidan “Zamon.uz” IIV YHXBB Axborot xizmatining bergan ma`lumotiga ko`ra YTHga uchragan mashinaga Karima Rizaevaning hech qanday aloqasi yo`qligi ma`lum qildi.